Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, muxlislar oʻyinlarni
- Bektemir tumanidagi Rohat mahallasida,
- Miroboddagi “Furqat” bogʻida,
- Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Central Park”da,
- Olmazordagi “Gʻalaba bogʻi”da,
- Sergelidagi Markaziy xiyobonda,
- Uchtepadagi “Seul Eko park”da,
- Chilonzordagi “Gʻafur Gʻulom” bogʻida,
- Shayxontohurdagi “Anhor-Lokomotiv” bogʻida, Yunusobod sport majmuasida,
- Yakkasaroydagi “Doʻstlik” bogʻida,
- Yangihayotdagi INDEX parkda,
- Yashnoboddagi “Ashxobod” sayilgohida tomosha qilishi mumkin boʻladi.
Portugaliya — Oʻzbekiston (23-iyun | 22:00)
Shuningdek, eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi. Bu yerda bir vaqtning oʻzida 10 ming nafargacha muxlis milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi oʻyinlari jadvali (Toshkent vaqti bilan):
Oʻzbekiston — Kolumbiya (18-iyun | 07:00)
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinlari butun respublika boʻylab maktablarning katta ekranlarida ham namoyish etiladi.
Toshkentda oʻyinlarni 12 ta maktabda tomosha qilish mumkin: No293, No110, No27, No133, No317, No228, No168, No314, No12, No135, No255 va No329. Maktablarning toʻliq roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin.