Tovarlarini “reklama” qildirish qimmatga tushdi

    Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro T.M. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Karimbek” ismli shaxs bank kartasidagi 3.6 mln soʻm pullari oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

    Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 31 yoshli K.Yo. “Telegram” messenjeri orqali T.M. bilan tanishib, uning mahsulotlarini reklama qilib berishga kelishib, oldindan reklama uchun 3,6 mln soʻm pul mablagʻlarini bank kartasiga oʻtkazdirib olib, soʻng vaʼdasini bajarmasdan, oʻzaro yozishmalarni oʻchirib yuborganligi aniqlandi.

    Jinoyat sodir etgan K.Yo.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Qonunga muvofiq, K.Yo. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.