Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari A.Suvonqulov va boshqalar soʻnggi yillarda mamlakatimizda ekologik osayishtalikni barqarorlashtirish, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar aholi salomatligini taʼminlashda muhim omil boʻlayotganini taʼkidladi.

Viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tuman filiallari joylarda tozalikni saqlash va obodonlashtirish boʻyicha samarali mehnat qilmoqda. Vohaning chekka va olis hududlaridagi mahallalardan ham maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketayotir. Ularga topshirilgan kamxarj va tejamkor maxsus chiqindi yigʻuvchi transport vositalari sanitar tozalash yumushlari sifatini oshiradi.

“Damas” avtomashinalari uzoq hududlarda joylashgan mahallalarga xizmat koʻrsatuvchi nazoratchilarning ogʻirini yengil qiladi. Tumanlardagi tashkilotlar bilan ishlash samaradorligini mustahkamlab, atrof muhitning yana-da saranjom-sarishta va obod boʻlishiga xizmat qiladi.