Toshkent viloyatida mavjud texnikalar va ularni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni oʻqitish va guvohnomalar berish boʻyicha Oʻzagroinpeksiyaning viloyat boshqarmasi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmaci bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hududda mavjud shunday texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni oʻqitish boʻyicha 12 tumandagi 15 ta oʻquv muassasalariga “Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimlari tomonidan tegishli tartibda xulosalar berilishi taʼminlangan boʻlib, hozirda mazkur muassasalarda 675 nafar kishi tahsil olyapti.

Tahlillarga koʻra, ayni paytda viloyatda roʻyxatga olingan jami 14 mingdan ortiq traktorlar, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari mavjud boʻlib, shundan mingdan ortiq texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni oʻqitish talab etiladi.

Jumladan, bir oʻquv kurslari davomiyligi kamida 3 oy boʻlishini inobatga olinsa, ishsiz oʻqitiluvchilar va fuqarolar uchun mavjud muassasalar tomonidan yana qoʻshimcha ikki oʻquv kurslari tashkil etilishi lozim. Buning natijasida, ularga traktorchi-mashinist guvohnomalari berilib, qoʻshimcha 1 ming 15 kishi doimiy ish joyi bilan taʼminlanadi.

Mazkur fuqarolar texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 414 soatdan kam boʻlmagan nazariy va amaliy oʻquv dasturi asosida oʻqitilyapti.

Taʼlim muassasalarini bitirgach, berilgan guvohnoma bilan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridagi Inspeksiyaning tuman boʻlimlariga murojaat qilish orqali traktorchi-mashinist guvohnomalariga ega boʻlishi ham tushuntirilmoqda.

Hozirda, “Oʻzagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB boshqarmasi bilan birgalikda oʻquv muasassalarida tahsil olgan boʻlsada, traktorchi-mashinist guvohnomalarini olmagan jami 980 nafar, shundan 341 nafar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-kursida taʼlim olayotgan talabalar, 2018-2020-yillar davomida tahsil olgan kollej talabalari hamda 296 nafar boshqa muassasalarni tamomlagan talabalar roʻyxati shakllantirilgan. Ularga inspeksiyaning tuman boʻlimlari tomonidan traktorchi-mashinist guvohnomalari berilishi taʼminlanmoqda.

S. Sadikov,
“Oʻzagroinspeksiya”ning Toshkent
viloyat boshqarmasi boshligʻi