Tramp Afg'onistondagi "Bag'ram" harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarish niyatida

    AQSh Afg'onistondagi "Bag'ram" harbiy-havo kuchlari bazasi ustidan nazoratni qaytarib olishga harakat qiladi, dedi AQSh Prezidenti Donald Tramp.

    “Afg'onistonni tark etgach, biz o'z kuchimiz va qadr-qimmatimizni u yerda qoldirdik. Biz "Bag'ram"dagi yirik havo kuchlari bazasidan shunchaki voz kechdik va uni qaytarib olishga harakat qilamiz”, dedi Tramp payshanba kuni Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan qo'shma matbuot anjumanida.

    AQSh Afg'onistondan o'z kontingentini 2021-yilning kuzida, Jo Bayden prezidentligi davrida olib chiqib ketdi. Amerika qo'shinlari "Bag'ram" harbiy-havo kuchlari bazasidan ham chiqib ketgan, deb xabar berdi interfax.ru.