AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq uyda OAV xodimlarining savollariga javob berar ekan, bu haqda ma’lum qildi, deb xabar berdi report.az.
“Hozircha, biz buni yaqin kelajakda boshlaymiz degan taxmin bor. Endi biz buni ular bilan birgalikda amalga oshirishga kelishib oldik”, deb aniqlik kiritdi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bilan muhokama qilinayotgan kelishuv doirasida Tehron nafaqat yadroviy qurol ishlab chiqishdan, balki sotib olishdan ham voz kechishga rozi bo‘lgan. “Ular bunga rozi bo‘lishdi. Boshqacha qilib aytganda, agar ular kelishuvni imzolasalar, yadroviy qurol yoki yadroviy bombaga ega bo‘lmaslik, ishlab chiqmaslik yoki sotib olmaslik majburiyatini oladilar”, deb ta’kidladi Oq uy rahbari.