Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan “tez-tez muloqotda bo'lib turganini” ta'kidladi va unga urush yaqin kelajakda tugashi kerakligini aytgan.

“O'ylaymanki, yaqin ikki-uch hafta ichida siz juda yaxshi, ishonchli yakuniy natijaga ega bo'lasiz”, dedi Tramp.

Uning qo'shimcha qilishicha, “ular ming yillar davomida kurashib kelgan bo'lsa-da, AQSh, uning so'zlari bilan aytganda, “juda yaxshi ish qilyapti” va hamma narsa tezda tugashi kerak.

Tramp, shuningdek, G'azoda garovga olinganlarni ozod qilish va anklavdagi gumanitar vaziyat og'irlashayotgan bir paytda oziq-ovqat yordamini tashkil qilish ustida ishlayotgan Yaqin Sharq bo'yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning ishini ham yuqori baholadi.

O'tgan hafta Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G'azodagi “barcha garovga olinganlarni” ozod qilish va urushni tugatish bo'yicha “zudlik bilan muzokaralar o'tkazishga” buyruq berganini aytdi – faqat Isroil uchun maqbul shartlar asosida, deb xabar berdi korrespondent.net.