“Kuba yillar davomida Venesueladan katta miqdordagi neft va pul hisobidan yashab kelgan. Kubaga endi neft yoki pul kelmaydi – nol! Men ularni juda kech bo'lmasidan kelishuvga erishishga chaqiraman”, deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog'ida.

Tramp shuningdek, Venesuela endi Kubaning xavfsizlikni ta'minlash xizmatlariga muhtoj emasligi, chunki endi uni “dunyodagi eng qudratli AQSh armiyasi” himoya qilishini aytdi, deb xabar berdi ria.ru.