“Juda yaxshi”, - javob berdi Tramp ahvoli haqida jurnalistlar savoliga javob berar ekan.

Keyinroq AQSH rahbari videomurojaat bilan chiqdi va holatini batafsilroq izohladi.

“Xavf mavjudligini bilaman. Hozir tetikman. Balki, menda immunitet bordir?! Virus hayotingizdan ustun kelishiga yoʻl qoʻymang! Koʻchaga chiqing, ehtiyot boʻling, bizning dori-darmonlarimiz dunyoda eng zoʻri... vaksina esa tez kunlarda tayyor boʻladi”, - dedi Tramp.

Vashington yaqinidagi kasalxonadan dushanba kuni chiqqan Tramp ushbu tibbiy muassasada “koronavirus” tashhisi bilan uch kun davolandi. Endi u muolajani oʻz qarorgohida davom ettiradi, deyilgan xabarda.