Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp, agar u qayta saylansa, AQSh ikkinchi muddati tugagunga qadar “Marsga yetib boradi” deb va'da berdi. Tram bu haqda 5-oktabr kuni, avvalroq o'ziga qarshi suiqasd uyushtirilgan Batlerda (Pensilvaniya) saylovoldi tashviqoti mitingida ma'lum qildi, deb yozadi Sky News.

Mitingda Tesla va SpaceX asoschisi, X ijtimoiy tarmog'i egasi Ilon Mask (2024-yilda Forbes talqini bo'yicha 195 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida ikkinchi o'rinni egalladi) bir necha daqiqa sahnaga chiqdi. Tramp uni tanishtirar ekan, Mask “so'z erkinligini saqlab qoldi va ko'plab ajoyib narsalarni yaratdi”. “U biz amerikalik astronavtlarni koinotga yuborishimiz uchun yagona sababdir”, dedi Tramp.

8-sentabr kuni Mask SpaceX kompaniyasining Starship fazoviy kemasini ikki yildan so'ng Marsga uchirish rejalari va to'rt yil ichida sayyoraga birinchi marta odam uchishi haqida gapirdi. Keyinchalik Mask, agar saylovda Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris g'alaba qozonsa, AQSh “hech qachon Marsga yetib bormasligini” aytdi, deb xabar beradi forbes.ru.