AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun yaxshi imkoniyat borligini ma'lum qildi, bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog'ida yozdi.
“Kecha Rossiya va Ukraina bilan ajoyib muzokaralar bo'lib o'tdi. Bu dahshatli, juda qonli urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat!!!”, dedi Oq uy rahbari.
O'tgan oqshom Vladimir Putin va Donald Tramp deyarli bir yarim soat telefon orqali suhbatlashdi. Xususan, ular Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish, Rossiya va AQSh fuqarolarining almashinuvi, Yaqin Sharq mojarosi, Eron yadro dasturi, iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalarni muhokama qilishdi, shuningdek, shaxsiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, suhbat chog'ida ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi mojaroni tinch yo'l bilan tugatish mumkinligi haqida kelishib olishdi va Prezidentlar siyosiy iroda ko'rsatib, bu borada tegishli ko'rsatmalar berishdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Moskva muzokaralar guruhini shakllantirishga tayyorgarlik ko'ra boshlagan, biroq Amerika vakillarining Rossiyaga tashrifi bo'yicha hozircha aniq kelishuvlar mavjud emas.
Chorshanba kuni kechqurun Tramp Vladimir Zelenskiyga ham qo'ng'iroq qildi, deb xabar beradi ria.ru.