Grenlandiya Bosh vaziri Mute Egede chorshanba kuni AQShning saylangan Prezidenti Donald Trampning orolni AQShga berish haqidagi talablaridan so'ng Daniya qiroli Frederik X bilan uchrashadi, deya xabar bermoqda Reuters Daniya qirollik uyiga tayanib.
Tramp avvalroq Grenlandiya AQShning bir qismiga aylanishi kerakligini aytib, uning “erkin dunyo” milliy xavfsizligi va himoyasi, jumladan Xitoy va Rossiyadan himoya qilish uchun strategik ahamiyatini ta'kidlagan edi. Shuningdek, u Grenlandiya va Panama kanali ustidan nazoratni qo'lga kiritish uchun harbiy kuch ishlatmaslikka va'da berishdan bosh tortdi, deb xabar beradi ria.ru.