“Bu vaksina bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar odamlar oʻylaganidan koʻra tezroq oʻtadi”, dedi u COVID-19 epidemiyasining tugashi haqida.
Taʼkidlanishicha, Tramp bu bayonotni Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari oldida qilgan nutqida tilga olgan.
Bundan tashqari, AQSH prezidenti ayni paytda amerikalik olimlar vaksina sinovlarining yakuniy bosqichini oʻtkazayotganini eslatdi. Uning taʼkidlashicha, preparat “yil oxirigacha yoki undan oldinroq paydo boʻlishi mumkin”.
Avvalroq, AQSHda ishlab chiqilayotgan COVID-19ga qarshi vaksina, ehtimol, 2020-yil noyabrgacha roʻyxatdan oʻtmasligi maʼlum boʻlgandi. Bu keng koʻlamli klinik tadqiqotlar oʻtkazish zarurati bilan bogʻliq.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSHda koronavirus holatlari soni 5,7 milliondan oshdi, 177 ming kishi vafot etdi.