Transport prokurori I.Narimov rahbarligida, “Uzbekistan Helicopters” MCHJ rahbari S.Irmuxamedov va boshqa masʼullar ishtirokida aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, havo kemalarida yoʻlovchilarga namunali xizmat koʻrsatish hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash ahvoli joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganishda, Respublika xududida mahalliy aholi va sayyohlarni ichki aviaqatnovlarda tashishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish, “SILK AVIA” MCHJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari sonini oshirish, sohani raqamlashtirish borasidagi topshiriqlarni muddatida bajarilishini taʼminlash va boshqa masalalar muhokama etilib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.