Transport sohasidagi hamkorlik barqaror rivojlanish va aloqalar mustahkamlanish omilidir

    Xalqaro hamkorlik 29 Oktabr 2020 996

    SHHT ga aʼzo davlatlar transport vazirliklari vakillari oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

    2020-yil 28-oktyabrda videokonferensaloqa shaklida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ga aʼzo davlatlar transport vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari hamda sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama etildi.

    Shuningdek, tomonlar transport-logistika sohasida koʻp tomonlama savdo iqtisodiy hamkorlik loyihasini amalga oshirish dasturi doirasida ishlarni oʻzaro muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashishdi.

    SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishi va koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Uchrashuvda favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus epidemiyasi tarqalishi sharoitida transport tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sohani rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.