Talabalar, tadqiqotchilar, umuman, ilmga chanqoq iqtidorli universitet yoshlarining innovasiya, startap, texnologiya, dasturlash bo'yicha bilimini oshirish, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ushbu tanlovga 92 innovasion ishlanmalar taqdim etildi.
To'rt yo'nalishda tashkil etilgan tanlovda transport sohasining innovatsion ehtiyojlarini o'rganilganlik darajasiga e'tibor qaratildi.
“Eng yaxshi innovator qiz” yo'nalishi transport tarmoqlarida o'z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida bo'lgan iqtidorli talaba qizlar uchun o'ziga xos sinov vazifasini o'tadi.
Tanlov g'oliblari Transport universitetining sertifikati va planshet bilan taqdirlandi.