Transport vazirligi milliy tashuvchilarni ogohlantirdi

    Qozogʻiston – Rossiya chegarasida joylashgan “Alimbet“ va “Sirim“ nazorat-oʻtkazish punktlari vaqtincha yopiladi.

    Qayd etilishicha, Gʻarbiy Qozogʻiston va Aqtoʻbe viloyatlarida joylashgan “Alimbet“ hamda “Sirim“ nazorat-oʻtkazish punktlari rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan.

    Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil transporti va transport nazorati qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Mazkur nazorat-oʻtkazish punktlari 2025-yil 1-fevraldan boshlab 16 oy muddatga yopiladi.