Transport vazirligi yuk va yoʻlovchilarni avtomobilda tashuvchilarga murojaat bilan chiqdi

    Tahlillarga koʻra, 2024-yil 1-fevral holatiga milliy tashuvchilarning 40 foizi buyurtmanomalar taqdim etishgan.

    Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tartibga solinadi.

    Mazkur Nizomning 3-bob 13-bandida xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun milliy tashuvchilar kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga tegishli shakl boʻyicha buyurtmanomalar taqdim etishi zarurligi belgilangan.

    Tahlillarga koʻra, 2024-yil 1-fevral holatiga milliy tashuvchilarning 40 foizi buyurtmanomalar taqdim etishgan. Bu esa oʻz navbatida xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash jarayonlari ortga surilishiga sabab boʻlmoqda.

    Shu munosabat bilan tashuvchilardan buyurtmanomalarni qisqa fursatlarda Transport vazirligiga taqdim etishlarini soʻrab qolamiz.