Nizomga koʻra, davlat xizmati ERP sport tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan koʻrsatiladi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
ERP sport tizimida maʼlumotlar toʻliq shakllangandan soʻng 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda malaka toifasi toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Bu haqida avtomatik tarzda trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga Elektron hukumat tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.
Malaka toifasi 4-yil muddatga beriladi.









