Bu oddiy bayram sanasi emas, xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan ozodligi, erkinligi, milliy qadr-qimmati, davlatchilik sha’ni va buyuk kelajakga ishonchi tantanasidir.
Mustaqillik — shunchaki siyosiy maqom emas. U millatning ruhi, xalqning irodasi,
yurtning erkin nafası, insonning ertangi kuniga ishonchidir. Shu bois, mustaqillik har
bir xonadonga quvonch, har bir qalbga g‘urur, har bir avlodga mas’uliyat bag‘ishlaydi.
Ayniqsa, bugungi global tahlikali va murakkab sharoitda mustaqillikning qadri
yanada yuksak anglanmoqda. Chunki hozir jahonning turli mintaqalarida geosiyosiy qarama-qarshiliklar,
mafkuraviy ziddiyatlar, iqtisodiy inqirozlar, georesurslar uchun kurashlar, sanktsiyalar
urushi, axborot hujumlari, qurolli to‘qnashuvlar va qonli urushlar davom etmoqda. Ayrim
davlatlarda tinch hayot buzilgan, odamlar qochqinga aylangan, shaharlari vayron bo‘lgan,
bolalar urush sadolari ostida ulg‘aymoqda.
Ana shunday bir davrda Prezidentimizning kuchli irodasi, uzoqni ko‘zlab yuritayotgan
siyosati, mintaqani do‘stlik va hamjihatlik makoniga aylantirish tashabbusi va asosiysi,
“Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan ulug‘vor g‘oyasi asosida so‘nggi
10 yilda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli amaliy islohotlar natijasida O‘zbekistonda
barqaror tinchlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va osoyishtalik hukm
surmoqda.
Bugun yurtimizda odamlar urush emas, to‘y haqida o‘ylayapti. Vayronagarchilik emas,
bunyodkorlik haqida fikrlayapti. Qochqinlik emas, sayohat haqida orzu qilayapti. Qurol
emas, kitob, ilm, mehnat va taraqqiyot haqida gapiryapti.
Mustaqilligimizning
35 yillik to‘yi ruhi allaqachon yurtimizning barcha hududlarida keng his etilmoqda.
Ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kontsert dasturlari,
kitobxonlik kechalari, saxovat aksiyalari, xalq sayillari va shukrona yig‘inlari orqali
mustaqillik bayramining shodiyona kayfiyati har bir xonadonga kirib bormoqda.
Bu yilgi bayram shodiyonalari “Yagona
Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida
nishonlanmoqda. Bu shior shunchaki so‘zlar emas. Bu O‘zbekistonning buguni va ertasi,
xalqimizning orzu-intilishi, davlatimizning taraqqiyot strategiyasi va milliy g‘oyasining
qisqa, lekin teran ifodasidir. Ushbu to‘rt muqaddas tushuncha — Vatan, xalq, yangi hayot
va kelajak — mamlakatimiz hayotining butun mazmunini belgilab bermoqda. Shuningdek,
“Yagona Vatan”, “yagona xalq”, “yangi hayot” va “kelajak yaratamiz” kabi to‘rt juft so‘z
birikmasida esa yangi O‘zbekistonning ezgu maqsadlari, orzu-intilishlari mujassamlashgan
ulkan falsafa namoyon bo‘ladi.
Muqaddas zamin oldidagi
buyuk majburiyat
Vatan inson uchun faqatgina tug‘ilgan
makon emas, balki taqdir, qismat va ma’naviy tayanchdir. Ona qanday aziz bo‘lsa, Vatan ham shunday
azizdir. Chunki inson tilini, dilini, qadriyatini, orzu-umidini aynan shu zaminda
topadi.
O‘zbekiston istiqlol yillarida tom ma’noda mustaqil davlat sifatida shakllandi.
O‘z armiyasi, o‘z Konstitutsiyasi, milliy valyutasi, tashqi siyosati va o‘z taraqqiyot yo‘liga
ega mamlakatga aylandi. Ayniqsa, so‘nggi 10 yilda yagona Vatan g‘oyasi amalda yanada
kuchaydi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi. Yo‘llar, ko‘priklar,
temir yo‘llar, aeroportlar qurildi va rekonstruksiya qilindi. Yangi uy-joy massivlari
barpo etildi. Bugun barcha hududlarda tarixiy meros va qadriyatlarimiz hamda zamonaviylikni
uyg‘unlashtirgan go‘zal qiyofaga ega obod qishloq va shaharlarni ko‘rasiz.
Yangi Toshkent
shahri qurilishi kelajakka tashlanayotgan ulkan qadamdir. Zamonaviy shaharsizlik, yashil
hududlar, raqamli boshqaruv va intellektual infratuzilma asosida barpo etilayotgan
bu shahar yangi O‘zbekiston timsoliga aylanmoqda.
Yagona Vatan degani — Qoraqalpog‘istondagi Orol muammosi hammalarning muammosi,
Buxorodagi keng ko‘lamli yutuqlar hammaning yutug‘i, Farg‘ona taraqqiyoti hammaning quvonchi,
Surxondaryo obodligi hammaning baxti deganidir.
Bugun har bir fuqaro Vatan uchun mehnat qilsa, farzandini yaxshi tarbiyalasa,
qonunga rioya qilsa, tabiatni asrasa, Vatanga xizmat qilgan bo‘ladi. Sindorovlar oilasi
bu borada yorqin misol. Oila Javohir Sindorovni har tomonlama yetuk farzand qilib
tarbiyaladi va natijada u butun dunyoga O‘zbekistonning qanchalik qudratli yurt ekanini
ko‘rsatdi. Javohir singari minglab yoshlarimiz erishayotgan olamshumul yutuqlar barcha
vatandoshlarimizniki. Demak, har bir oila o‘z farzandini Vatan koriga yaraydigan,
fidoyi va doim “Vatan men uchun nima qilib beradi?” deb emas, “Men vatan uchun nimalar qilaman?” deb yashaydigan
avlod sifatida tarbiyalash yagona Vatan g‘oyasini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Xalqimiz — ulkan boyligimiz
O‘zbekistonning yer osti boyliklari ko‘p, imkoniyatlari keng. Ammo eng katta
boyligimiz yagona, ahil va mehnatkash xalqimizdir.
So‘nggi yillarda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga katta e’tibor berildi.
Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari
ahil va inoqlikda, bag‘rikenglik, umuminsoniy tamoyillarga xos yagona bir xalq bo‘lib
yashab kelmoqda. Ularning o‘zligini anglash, milliy qadriyatlari va urf- odatlarini
saqlashi va rivojlantirishi uchun 150 ga yaqin milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Turli millat vakillarining tili, madaniyati va urf-odatlarini asrash uchun barcha sharoitlar
yaratildi.
Bugungi kunda yurtimizdagi va xorijdagi vatandoshlarimizning har tomonlama
manfa atlarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Do‘stlik jamiyatlari faoliyati ham kengaytirildi.
Davlatimiz rahbari qaysi mamlakatga borsa, o‘sha yerda istiqomat qilayotgan, ishlayotgan
yoki o‘qiyotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashadi. Ularning fikri, takliflarini eshitadi,
qo‘llab-quvvatlaydi. O‘z navbatida, ular ham ortida doim O‘zbekiston turganini his
qiladi.
Prezidentimizning
xalq bilan muloqot siyosati esa jamiyatda ishonch muhitini yanada kuchaytirdi. Xalq qabulxonalari,
virtual qabulxona, sayyor qabullar orqali millionlab murojaatlar hal etildi. Ilgari
e shitilmagan ovozlar bugun davlat eshigidan kirib bormoqda. Jamiyatimizda kambag‘allik
toifasida turgan oilalarni bu botqoqlikdan olib chiqish bo‘yicha dunyo e’tirofiga sazovor
milliy model yaratildi. Birgina 2025 yil yakuni bo‘yicha 5 million aholi daromadi oshirilib, ishsizlik darajasi
5,5 foizdan 4,9 foizga kamaydi. 1,5 millionga yaqin aholi kambag‘allikdan chiqarildi.
Mahalla tizimining yangi bosqichga chiqqani xalq birligining amaliy ifodasidir.
Joriy yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlanishi
va davlat dasturidagi misli ko‘rilmagan ustuvor vazifalar yurtdoshlarimiz hayoti farovonligiga
zamin yaratmoqda. Shu tariqa mahallar bugun tarbiya maskani, muammo yechimi, saxovat
va hamjihatlik markaziga aylandi.
Islohotlarning asosiy mazmuni
Yangi O‘zbekiston — yangi fikrlash, yangi boshqaruv, yangi imkoniyatlar va yangi hayot
demak.
So‘nggi yillardagi islohotlar xalq hayotini tubdan o‘zgartirdi. Qaysi o‘zgarishlar
deysizmi? Bir eslang, plastik kartangizdagi mablag‘ni 20 foizdan kamiga naqdlashtirganmisiz
yoki bankdan valyuta sotib ololganmisiz? Ularni qo‘ya turing, mahalla mas’ullariga
muammongizni tushuntirib, uni hal qilganmisiz?
Aminmanki, yo‘q. Chunki o‘sha paytlar hozirgi sharoit ertak edi.
Hozir-chi?! Bugun vaziyat tamoman boshqacha, barchasi sizu biz — “Inson uchun!”.
Tuman yoki viloyatni qo‘ya turing, respublika darajasidagi rahbarlar, hatto Prezidentga
ham onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan, biror
to‘siq yo‘q. O‘zingiz yashab turgan joy — mahallaning ichki yo‘llari, ijtimoiy soha obyektlari
sizing tashabbusingiz, tanlovingiz asosida qurilayotgani ham ayni haqiqat. Davlat
sizing munosib yashashingiz uchun bor kuch-resurslarini ishga solayotgani, buni huquqiy
jihatdan kafolatlab, zimmasiga katta mas’uliyat olganiga nima deysiz?!
Yoki ta’lim yo‘nalishini olaylik. Keyingi yillarda oliy ta’lim bilan qamrov keskin
oshdi: 2016 yilda 9 foiz bo‘lgan, hozir esa 44 foiz. Prezident maktablari, ijod maktablari,
tehnikumlar, kasb-hunar markazlari ochildi. Yoshlar uchun grantlar ko‘paytirildi.
Tibbiyotdagi yangilanishlar ham g‘oyat salmoqli: yangi klinikalar, zamonaviy diagnostika
markazlari, qishloq vrachlik punktlari barpo etildi. Aholini ijtimoiy himoya qilish
tizimi takomillashtirildi.
Ijtimoiy himoya reyestri, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”
kabi tizimlar orqali ehtiyojmand oilalarga yordam berildi. Millionlab insonlar ish
bilan ta’minlandi, kasb o‘rgandi, imtiyozli kreditlar oldi.
Qishloqlarda ichimlik suv, elektr, gaz, yo‘l masalalari hal etildi. Yangi uy-joylar
qurildi. Bugun xalqimiz kechagidan yaxshi, ertaga esa undan ham yaxshi yashashga intilib
mehnat qilmoqda.
Uchinchi Renessans sari
Kelajak kutilmaydi, yaratiladi. Shuнинг uchun ham yangi O‘zbekiston taraqqiyotining
asosiy maqsadi Uchinchi Renessans poydevorini qurishdir.
Birinchi Renessansda Xorazmiy, Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi
buyuk allomalar, Ikkinchi Renessansda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur
kabi daholar yetishib chiqqan.
Endi navbat Uchinchi Renessansni barpo etishga keldi. Buning asosiy kuchi bilimli
yoshlar, zamonaviy ilm-fan va yuksak ma’naviyatdir. Shu maqsadda mamlakatimizda AT parklar,
innovatsiya markazlari, texnoparklar, startap dasturlar, raqamli iqtisodiyot loyihalari
rivojlantirilmoqda. Sun’iy intellekt, “yashil” energetika, logistika, biotexnologiya
kabi sohalarda yangi yo‘nalishlar ochilmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi, Imom Termiziy markazi,
yangi muzey va kutubxonalar qurilishi ma’naviy yuksalishning muhim belgisidir.
Har bir ustoz shogirdi, har bir tadbirkor yangi ish o‘rni, har bir olim kashfiyoti
bilan kelajak yaratadi. Har bir yosh o‘z bilimi bilan bu jarayonga hissa qo‘shadi.
Bu ezgu g‘oya va maqsadlar qaerda tinchlik hukm sursagina amalga oshadi. Bugun
dunyoda tinchlikning qadri oshmoqda. Chunki urush bor joyda taraqqiyot, nizo bor joyda
farovonlik bo‘lmaydi. Adovat bor joyda baxt bo‘lmaydi.
Shukr, O‘zbekistonda tinchlik, rivojlanish, taraqqiyot barqaror. Bozorlarimiz
to‘kin, odamlar o‘qish, kasb o‘rganish, tadbirkorlik yo‘lida izlanmoqda, mehnat qilmoqda.
Umuman olganda, bular mustaqillikning eng katta samar asidir.
35 yil tarix uchun juda qisqa, xalq uchun ulkan davrdir. Shu yillar ichida O‘zbekiston
o‘z yo‘lini topdi, o‘z so‘ziga ega bo‘ldi, o‘z kelajagini belgiladi. Ayniqsa, keyingi
10 yilda yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar mamlakatni barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Bugun xalqimiz birdam, hamjihat, yangilanishlarga,
yaratishga chanqoq. Shu asosda yurtimiz yanada obod bo‘lyapti, iqtisodiyot global beqarorlikka
qaramay, barqaror o‘smoqda, yoshlarimiz puxta bilim olmoqda va asosiysi, jamiyatda jipslik,
farovonlik oshmoqda.
Ha, biz
yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratya pmiz. Bu ishlar izchil davom
etadi. Zero, bosh g‘oyadagi yagona Vatan — muqaddas uyimiz, yagona xalq — buyuk kuchimiz,
yangi hayot — ezgu maqsadimiz, kelajak yaratishimiz — umumiy burchimiz.
Azizbek AMONOV,
sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,
Respublika Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi