Sement solingan qoplar ichidan qariyb 10 kg. “opiy” narkotik moddasi olindi

    Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

    Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari xodimlarini jalb qilgan holda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

    Natijada, avtomashinada sement mahsulotlari solingan qoplar ichiga yashirib qoʻyilgan 10 dona oʻramda 9 kg. 754 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

    Maʼlum boʻlishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1971-y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu ajal ogʻusini Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.

    Ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan. Hozirda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.