Hukumatning 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga asosan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etildi.
Endilikda bola tugʻilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan:
bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYO boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari ushbu maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Eslatma: Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDYO boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.
Maʼlumot uchun: Yangi tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.