Qayd etilishicha, chaqaloqlarga Fotima, Yusuf, Yunus deya ism qoʻyilgan. Tugʻruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.
— Egizaklarimizning kattasi Fotima 2.710, oʻrtanchasi Yusuf 3.100, kichigi Yunus esa 2.930 kg. vazn bilan tugʻildi, —deydi neontolog shifokor Amina Abdurasimova. —Hozir egizaklarning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida.
Otaning aytishicha, ularning ajdodida qoʻsh farzandlar tugʻilishi koʻp kuzatilgan, ammo uch egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.
Tuman FHDYO boʻlimi tomonidan chaqaloqlarga guvohnoma, markaz shifokorlari tomonidan esa sovgʻalar topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi Nafisa Yunusova va Abdukamol Ahmadjonov biryoʻla toʻrt egizakning ota-onasiga aylandi.








