Shaharning yoshi 2200 yil deb baholanmoqda.
Uning xarobalari Suxaya Voronka daryosining o'ng qirg'og'ida joylashgan. Mutaxassislarning fikricha, u yerda odamlar nisbatan qisqa vaqt – miloddan avvalgi IV-III asrlarda yashagan.
Tadqiqot davomida antiqa mis tanga topildi. U miloddan avvalgi 275-245-yillarda Pantikapey (hozirgi Kerch)da zarb qilinganligi aniqlandi. Ushbu topilma shaharning yoshini aniqlash imkonini berdi.
Mazkur manzilgoh u qadar katta maydnni egallamagan. Ammo u mustahkam istehkomlar bilan jihozlangan. Dala va daryo bo'yidan uchta ikki metrli qo'rg'on va uchta 1,5 metrlik ariqlar bilan himoyalangan.
Aholi punktida Yuxnovskaya madaniyati vakillari istiqomat qilishgan. Mudofaa istehkomlari odamlarni yoki chorva mollarini o'g'irlamoqchi bo'lgan qo'shnilardan himoya qilish uchun xizmat qilgan.
Shahar odamlar yashaydigan joy va ehtimol ibodat qiladigan maskan sifatida xizmat qilgan. Kelgusida olimlar ushbu yodgorlik bo'yicha keng ko'lamli tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.