Tuman prokurori yordamchisi shifokor ayolga stul otgani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda "Tuman prokurori yordamchisi shifokor ayolga stul otdi" sarlavhasi ostida videoyozuv tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

    Bosh prokuratura mazkur videoxabarda ko‘rsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini ma’lum qildi.

    O‘rganishda, videoxabarda qayd qilingan shaxs oliy ta’lim muassasasi talabasi ekani aniqlandi.

    "Oliy ta’lim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi xabarda.