Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi.
Jumladan:
- birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
- tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq toʻlash tizimini joriy qilish.
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.
Quyidagilar tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantirish;
- tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni ragʻbatlantirish.