Toshkent aeroportida havo kemalari qabul qilish vaqtincha cheklandi

    Toshkent xalqaro aeroportida tuman tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi.

    Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi reyslar yoʻnaltirildi:

    • “Silk Avia” aviakompaniyasining Fargʻona – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha US402;
    • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY778;
    • “UTair” aviakompaniyasining Surgut – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha UTA-709;
    • “Centrum Air” aviakompaniyasining Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha MFX-352.

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.

    Havo shartlari yaxshilanishi bilan aeroport odatiy tartibda ishlashni qayta boshlaydi. Yoʻlovchilardan reys holati haqida aviakompaniyalar orqali maʼlumot olish soʻraldi.