Ishtixon tuman hokimi Sh.Negmatov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan 1 sektorga qarashli Ravot, Soʻgʻot hamda Koʻktepa mahallalari hududidagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga hamda ishsiz boʻlgan 72 nafar fuqaroga 25 sotixdan gʻalladan boʻshagan yer maydonlari ajratib berildi.
Endilikda ushbu fuqarolarning oʻzlariga tegishli boʻlgan yer maydonlariga serdaromad ekinlarni ekib, daromad topish imkoniyatlari mavjud boʻldi.
Sh.Negmatov yer maydonlarini ajratish jarayonida Prezidentimizning ishsiz yurtdoshlarimizning bandligini taʼminlashga qaratayotgan eʼtibori, amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi, xalqimizning farovon hayot kechirishiga erishish uchun qilinayotganligi haqida alohida taʼkidladi.
Tumanda gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini aholiga ajratib berish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda, deya xabar beradi Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati.