Lombardiya hokimligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tarafidan imzolangan hujjatga koʻra, kechki 23:00dan tonggi 05:00ga qadar, zaruriy hollardan tashqari, koʻchaga chiqqan kimsa 3 ming yevro jarima bilan jazolanadi.
Buyruqqa koʻra, dam olish kunlari, oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalar bundan mustasno. Mintaqada dushanbadan boshlab umumtaʼlim va oʻrta maktabga tenglashtirilgan taʼlim muassasalarida anʼanaviy oʻqish toʻxtatilib, oʻquvchilar masofadan oʻqishga oʻtadi. Cheklovlar 13-noyabrga qadar amal qiladi.
Lombardiya Italiyaning kasallanish soni eng keng tarqalgan hududi sifatida qolmoqda. Italiya sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida aytilishicha, 22-oktyabr holatiga koʻra mamlakatda aniqlangan 16 ming 79 bemorning 4 ming 125 nafari aynan shu hududga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot oʻrnida: COVID-19 bilan kasallanish holati mamlakatda 465 726 tani tashkil etmoqda, vafot etganlar soni 36 968 nafar.