Turizm qoʻmitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi

    Turizm qoʻmitasida rais oʻrinbosari Sardor Niyazov hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik faoliyat boʻyicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sultonali Mexmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv davomida Turizm qoʻmitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyoti oʻrtasida oʻzaro istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari keng muhokama qilindi. Shuningdek, Universitetda yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy taʼlim dasturlarini yaratish, kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish uchun zarur boʻlgan strategiyalarni hamkorlikda ishlab chiqishga alohida urgʻu berildi.

    Uchrashuv yakuniga koʻra, Turizm qoʻmitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda taʼlim va amaliyot hamda ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil faoliyati boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.