Turizm qoʻmitasi va MATTA Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilishga kelishib oldi

    Turizm 7 Fevral 2025 895

    Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Kuala-Lumpur shahrida MATTA (Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlar assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti Shayx Avad va bosh menejeri Maziya Mihat bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonni ziyorat, madaniy, tarixiy va qishki turizm yoʻnalishi sifatida Malayziyada targʻib qilish istiqbollari muhokama etildi.

    Oʻzbekistonga tashrif buyurishni oʻz ichiga olgan “Umra plyus” dasturiga ixtisoslashgan turoperatorlarni jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonni targʻib qilish boʻyicha qoʻshma marketing loyihalarini amalga oshirish, Malayziya vakillari uchun maxsus info- va press-turlar tashkil etish, shuningdek, tomonlarning ikki mamlakat xalqaro turizm tadbirlarida oʻzaro ishtirok etishi boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.