Bitim tajriba almashish, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish va yosh mutaxassislarning innovatsion gʻoyalarini rivojlantirish maqsadida tuzildi. Hamkorlikning asosiy jihati malakali kadrlar tayyorlashdir — TXVU talabalari va bitiruvchilari Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarida amaliyot dasturlarida qatnashish, amaliy tajriba orttirish va sohani rivojlantirishga hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Hamkorlik doirasida turizm sohasidagi mutaxassislar bilan maʼruzalar, seminarlar, mahorat darslari va treninglar tashkil etilib, bilim almashish jarayoni yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.