Qarorga muvofiq, turizm sohasi subyektlarining kreditlari boʻyicha quyidagi foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi:
- joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-iyundan 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan foiz xarajatlari;
- yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari;
- aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan 1 milliard soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar boʻlgan foiz xarajatlari.
Shuningdek, joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-martdan 1-iyungacha boʻlgan davrda foiz xarajatlari toʻliq hajmda kompensatsiya qilinadi.
Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi subyektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.
Qaror bilan turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, subsidiyalar:
- turoperatorlarga – avia va temir yoʻl chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;
- turoperator va turagentlarga – Oʻzbekistonga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun;
- joylashtirish vositalariga – joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun ajratiladi.
Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6-oktyabrda “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
- Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar
- Yaponiyaлик ustozlar Buxoro davlat texnika universitetida dars bermoqda
- Belgradda Toshkent koʻchasi boʻladi
- Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
- Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi
OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kichik va mikro gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi