– Teatr tomoshalari qadimdan xalqimiz orasida, bozorlarda, odamlar ko'p yig'iladigan joylarda namoyish qilingan, – deydi loyiha tashabbuskori O'zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi raisi o'rinbosari Usmon eratov. – YUrtimizga tashrif buyuradigan turistlar xalqimizning jonli teatr tomoshalarini ko'rish orqali xalq og'zaki ijodi, milliy qahramonlar, urf-odatlar, etnografiyamiz haqida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishadi. Shu maqsadda turizm teatrlarini tashkil etilmoqda.

Loyiha 2021 yilning yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.