Turizm xalqaro universiteti oʻqituvchilari Amerika taʼlim instituti (AHLEI) kurslarini oʻtadilar

    Turizm 30 Sentabr 2021 384

    2021-yil 19-25-iyul kunlari “Mehmonxona biznesi sohasida sertifikatlangan mutaxassis” onlayn-kurslari oʻtkazildi va unda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.

    Kurs yakunida S.Jumanazarov, M. Vafokulova, A.Suyunov, S.Shaydullayeva, J.Xamroqulov, A.Sobirov, hamda U. Gʻulomovlarga xalqaro bazaga kiritilgan AHLEI sertifikatlari topshirildi. Ushbu hujjat egalariga dunyoning istalgan oliy oʻquv yurtida mehmondoʻstlik sohasida taʼlim berish imkonini beradi.

    Maʼlumot uchun: Mehmonxona biznesida Amerika taʼlim instituti (The American Hotel & Lodging Educational Institute — AHLEI) — 65 yildan ortiq turizm va mehmondoʻstlik sohasi mutaxassislarini oʻqitish va sertifikatlash boʻyicha jahon miqyosida etakchi hisoblanadi. Uyushma shtab-kvartirasi Orlando (Florida shtati)da joylashgan boʻlib, kompaniya ofislari Michigan shtatining Lansing shahrida, shuningdek, Hindiston va Xitoyda ham faoliyat olib boradi. Kompaniyaning keng mahsulotlari qatoriga DVD materiallari, darsliklar (bosma va raqamli), shuningdek, onlayn taʼlim tizimlari kiradi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.