“Turk dunyosi talabalari teatr festivali” boʻlib oʻtdi

    Kuni kecha, Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Turk dunyosi talabalari teatr festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda TURKSOY tashkilotining bosh kotibi Sultan Rayev ishtirok etdi.

    Shuningdek, festivalda faxrli mehmonlar safida yirik teatrshunos olimlar, sanʼat va madaniyat taʼlimiga ixtisoslashgan universitetlar rektorlari hamda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiya respublikalaridan talaba-yoshlar tashrif buyurdi.