Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari va Turkiy Kengash kotibiyati Afgʻoniston yoʻnalishida birgalikda qoʻshma harakatlar jihatlarini, xususan, keng vakillik asosida
Afgʻoniston hukumatini tuzish zarurligi, inson huquqlariga, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlariga rioya qilinishini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻz nutqida Afgʻoniston masalasiga taalluqli asosiy masalalar boʻyicha mamlakatimiz pozitsiyasiga toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor. Afgʻoniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak.
Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afgʻonistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsion jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish boʻlib qolishi kerakligi taʼkidlandi.
Mojarodan keyingi Afgʻoniston strategiyasini ishlab chiqish muhimligi, shuningdek, mamlakatga zarur insonparvarlik yordam koʻrsatilishi davom etishi alohida qayd etildi.Tadbir yakunida Turkiy Kengashga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afgʻoniston boʻyicha Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.