Mehmonlarni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda hokimlik vakillari qarshi oldilar.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan ushbu 2 qavatli markazda 200 dan ortiq turdagi atlas va adras toʻqish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Quyi qavatda atlas, adras, shoyi, baxmal, beqasam matolar toʻqiladi. Birinchi qavatdan tayyor mahsulotlar koʻrgazmasi, podium, chevarxona oʻrin olgan. Binoning yuqori qavatida esa qoʻlda ipakdan gilam toʻqish sexi joylashgan.

Mehmonlar har bir qavatdagi jarayonlarni katta ishtiyoq bilan tomosha qildi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.