Bugun, 26-yanvarda mazkur memorandum loyihasini imzolash jarayonini jadallashtirish maqsadida Turk tomoni bilan ushbu loyihaning onlayn muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash borasida muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar AKT sohasining sunʼiy intellekt, elektron hukumat hamda elektron tijorat kabi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishidagi masalalar boʻyicha ham kelishib oldi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.