Turkiya hududida boʻlgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

    Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi soʻnggi vaqtlarda oʻzbekistonliklar orasida firibgarlik qurboni boʻlib qolish holatlari koʻp kuzatilayotganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Feycbuk ijtimoiy tarmogʻi orqali oʻzini Turkiya banki xodimi sifatida tanishtirib, xuddiki ushbu bankda oʻzbekistonliklar bilan familiyadosh boʻlib, soʻng vafot etgan shaxsning qolib ketgan sarmoyasiga sherikchilik qilish evaziga uning hisobiga maʼlum bir miqdorda pul oʻtkazib berish (firibgarlik qurbonlari Oʻzbekistonda ham uchramoqda) hamda shunga oʻxshash holatlar koʻp uchrab turibdi.

    “Vatandoshlardan telefon orqali oʻzini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga tegishli maʼlumotlarni bermaslik, shaxsiy kartangizning maxfiy raqamlarini aytmaslik va bu borada ehtiyot boʻlishlaringizni soʻrab qolamiz”, deyiladi murojaatda.