Delegatsiya Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.R. Bobojonov tomonidan kutib olinib, idoralar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlik doirasini kengaytirish, ayniqsa xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi oʻquv seminarlari va qoʻshma amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, ularning malakasini oshirish va oʻz fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar idoralar oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.