UTID raisi D.A. Erbash turk ishbilarmonlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga va sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalarda oʻzaro hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Environmental Ltd kompaniyasining qurilish, energetika va infratuzilmaviy rivojlanish yoʻnalishlarida qator loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan manfaatdorligi qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, kompaniya fuqarolik infratuzilmasini, turar-joy va aralash maqsadli loyihalar, savdo va ishlab chiqarish obyektlari, shifoxonalar, suv taʼminoti tizimlari, sanitariya, energetika infratuzilmasini loyihalash va qurilishini boshqarish kabi yoʻnalishlarga ixtisoslashgan. Kompaniya 37 yildan ortiq faoliyat yuritib kelyapti va shu kungacha besh qitʼada 38 mamlakatda jihozlarni oʻrnatish ishlarini yakunladi. Kompaniya tuzgan umumiy joriy shartnomalar qiymati 22 milliard dollardan oshadi, loyihalarning zaxira portfeli esa 1,2 milliard dollarni tashkil etadi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar loyihaga tayyorligini tasdiqlagan holda muhokama qilingan yoʻnalishlar doirasida oʻzaro hamkorlik qilish hamda joriy yil oxirigacha tegishli vazirlik va idoralar bilan loyihalarni yanada muhokama qilish uchun kompaniya rahbariyatining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.