Uning so'zlariga ko'ra, mamlakatda yaqin yillarda o'qitilgan astronavtlar bilan o'z raketasini uchirish rejalashtirilgan.
2022-yil sentabrida Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri lavozimida ishlagan Mustafo Varank mamlakat va Amerikaning Axiom Space kompaniyasi o'rtasida birinchi turk kosmonavtini Xalqaro koinot stransiyasiga yuborish bo'yicha kelishuv imzolanganini e'lon qilgandi. 19-yanvar kuni SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa-tashuvchisini uchirdi, ekipaj a'zolari tarkibiga italiyalik uchuvchi Valter Villadey, shved astronavti Markus Vandt va koinotga uchgan birinchi turk fuqarosi, harbiy uchuvchi Alper Gezeravchi ham kiritilgandi, deb xabar beradi lenta.ru.