Madaniyat vaziri Kamola Akilova boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga madaniy obyektlar restavratsiyasini oʻrganish maqsadida joʻnab ketgani haqida maʼlum qilgan edik.

Mazkur delegatsiya mamlakatning eng qadimiy yodgorliklaridan biri “Gazxona” tarixiy inshootida boʻldilar. Bu inshooot ayni paytda istanbulliklarning faxriga aylanish arafasida. Tarixiy obyekt oʻzida zamonaviylik va qadimiylikni uygʻunlashtirgan boʻlib, oʻz jozibadorligi bilan tashrif buyuruvchilarni maftun etishi aniq.

Delegatsiyamiz mazkur obyektda qadimiylikni saqlab qolgan holda amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishar ekan, bu tajribani Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarida qoʻllash lozimligini va bu orqali sayyohlar oqimining salmogʻi koʻpayishini taʼkidladi.

Eʼtiborli jihati esa mazkur tarixiy yodgorlik oʻzida kutubxona, restoran, teatr, konsert zal , muzey kabi maskanlarni mujassam etgan va haqiqiy maʼnoda ilm maskaniga aylantirilgan.