foto arxiv
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, Turkiya delegatsiyasi Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish oʻrin olgan.