Aytilishicha, Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida 11-sentyabrga qadar 6 tumanda, jumladan, Beshiktosh tumani hududida (Bosh konsulxona joylashgan), ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etildi. Shu bilan birga xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.

«Fuqarolarimizga odam gavjum joylardan yiroqda boʻlish, namoyish oʻtkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarni qatʼiy rioya etish tavsiya etiladi», — deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlarda Bosh konsulxonaning +90 (212) 909 08 04 raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkinligi aytildi.