Oramizda iqtidorli, izlanuvchan yoshlar juda ko'p. Ulardan biri buxorolik Komiljon Rahimovdir. Yaqinda u Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'tkazilgan “Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari” deb nomlangan eng yaxshi maqolalar tanlovi g'oliblari qatoridan o'rin olib, "Naqshbandiya tariqatining paydo bo'lishi va uning xorijiy mamlakatlarga tarqalishi” mavzusidagi maqolasi alohida e'tirof qozongan edi.

Turkiyaning Anqara shahrida Komiljon Rahimovning birato'la oltita kitobi chop etildi. Buyuk ajdodimiz Abdulxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ta'limoti, tasavvuf, Etti pir qadamjolari tadqiqiga bag'ishlangan bu kitoblarda buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi atroflicha tahlil etilib, ularning dunyoviy ahamiyati o'ziga xos yo'sinda ochib berilgan.