Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi tashabbusi bilan Istanbul shahrida boshlangan Forum davomida bir qator mamlakatlar va tashkilotlar oʻrtasida inson resurslarini

rivojlantirish sohasida tajriba almashish, iqtidorlarni jalb qilish va boshqarish, inson resurslarini strategik rejalashtirish, taʼlim va malaka oshirish yoʻnalishlarida muhokamalar olib borilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Forum doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Inson resurslari ofisi oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumi ham imzolanishi kutilmoqda.