Turkiyada odam savdosining navbatdagi qurboni qutqarildi

    Bosh konsulxona yana bir bor yurtdoshlarimizni begona vositachilar orqali chet elga chiqmaslik, har qanday ish taklifini puxta oʻrganish va faqat rasmiy manbalar orqali ish izlashga chaqiradi.

    Bosh konsulxonaning maʼlum qilishicha, shu yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa oʻrnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yoʻlga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi boʻlib ishlash taklif etilgan.

    Biroq Istanbulga yetib kelgach, N.A. uni Shanliurfa shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.

    Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan mazkur holat boʻyicha maʼlumot kelib tushgan va vakolatxona tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimizning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va Oʻzbekistonga qaytarilishi taʼminlandi.