Turkiyada bo'lib o'tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli o'zbek kinoijodkorlari ham ishtirok etmoqda.
Kecha kinofestival` dasturida “O'zbek kinosi kuni” tashkil etildi. Avval “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali haqida video rolik taqdim etildi.
Tabrik uchun O'zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vaziri o'rinbosari Ahmet Demirkan so'zga chiqishdi.
Kechada o'zbek milliy kuy-qo'shiqlari va raqslari yangradi. Madaniy tadbir bayram tantanasiga aylanib ketdi. SHuningdek, taniqli o'zbek kino va estrada yulduzlarining chiqishlari ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
So'ngra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Rashid Malikovning “Tutqunlik” fil`mining prem`erasi bo'lib o'tdi. Kechada o'zbek kinoijodkorlari, Turkiyadagi atandoshlarimiz va mahalliy aholi ham ishtirok etdi. Bayram barchaga manzur bo'ldi.
11 noyabrdan Turkiya milliy telekanallarida kinofestivalda namoyish etilgan o'zbek fil`mlarining TV prem`eralari ham boshlandi.
Kinofestivalda O'zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamraevning “Xalq jasorati”, Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” fil`mlari ham namoyish etildi, deya xabar bermoqda O'zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.